
Bekzod Abdurahmonov birinchi davrada alamli mag‘lubiyatga uchradi
Xabar berganimizdek, bugun Vengriya poytaxtida sport kurashlari bo‘yicha jahon chempionati start oldi. Birinchi kun doirasida erkin kurashchilar bahsga kirishdi.
Afsuski, -74 kg vazn toifasida gilamga chiqqan Bekzod Abdurahmonov birinchi davradayoq alamli mag‘lubiyatga uchradi. Gap shundaki, gruziyalik Avtondil Kentchadze bilan kechgan bahs 12:12 hisobida yakunlandi. Qoidaga ko‘ra, oxirgi ball olgan kurashchiga g‘alaba taqdim etiladi. Bellashuv mobaynida gruzin polvoni so‘nggi ballni olgani uchun u keyngi bosqichga yo‘l oldi. Shunday bo‘lsa-da, yurtdoshimizda bronza medali uchun kurashish imkoniyati saqlanib turibdi. Buning uchun Kentchadze finalga qadar etib borishi talab etiladi.
-86 kilogramm vazn toifasida Abdurasul Vahobov ham ilk davradayoq oltin medal uchun kurashdan chiqib ketdi. Kubalik kurashchiga qarshi bahs 2:6 hisobida vakilimizning mag‘lubiyati bilan yakunlandi. Yana birozdon so‘ng -61 kg vazn toifasida Abbos Rahmonov eronlik raqibiga qarshi kurashadi.
Fikrlar