"Bavariya" va "Napoli" bir futbolchi uchun kurash boshladi

  • 7 noyabr, 2018, 10:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Ayntraxt" klubi forvardi Luka Yovich faoliyatini grand klublarda davom ettirishi mumkin.

Tecno

Kicker nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 20 yoshli bosniyalik futbolchiga "Bavariya" hamda "Napoli" klublaridan jiddiy qiziqish paydo bo‘lgan. Uning taxminiy transfer narxi esa 30 mln evroga baholanmoqda.

Yovich katta ehtimol bilan “Bavariya”ni tanlashi kutilmoqda. Chunki, shunda u boshqa davlatga ko‘chib o‘tishga to‘g‘ri kelmaydi.

Ma’lumot uchun, Yovich joriy mavsum frankfurtliklar safida jami 13ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 9ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!