
“Bavariya” rahbariyati Sancheshning kelajagiga oydinlik kiritishdi
Myunxenning “Bavariya” klubi boshqaruv kengashi raisi Karl-Xaynts Rummenigge jamoaning portugaliyalik yarim himoyachisi Renatu Sanchesh yangi mavsumni shu erda o‘tkazishi haqida aytib o‘tdi.
“Sanchesh “Bavariya”ga qaytadi. Niko Kovach uni yana avvalgi holatiga qaytarmoqchi. Shubhasiz biz bu borada tavakkal qilamiz. Renatu ikkita omadsiz mavsumni boshdan o‘tkazdi. Bu Evro-2016dagi g‘oliblik va ushbu musobaqada eng yaxshi yosh futbolchi sovrinini qo‘lga kiritgani bilan bog‘liq. Bu uning ruhiyatiga keskin ta’sir qildi. Biz ikki yil unga ishonch bildirgan edik va hozir ham unga ishonch bildiramiz”, - deydi Rummenigge.
Eslatib o‘tamiz, 20 yoshli Sanchesh yakunlangan mavsumni “Suonsi”da ijara asosida o‘tkazdi va bor yo‘g‘i 12ta o‘yinda ishtirok etdi.
Fikrlar