"Bavariya" ikki nafar etakchisi bilan xayrlashmoqchi
Myunxenning “Bavariya” klubi futbolchilari Frank Riberi va Aren Robben mavsum yakunida jamoani tark etishlari mumkin, deb yozadi Sport Bild nashri.
Nemis klubi vakillari ushbu futbolchilar bilan yangi shartnoma tuzmoqchi emas. Ularning amaldagi kelishuvi 2019 yil yozida yakuniga etadi va katta ehtimol bilan Bavariyani erkin agent sifatida tark etadi.
Ma’lum bo‘lishicha, 35 yoshli Riberi hozirda bir qancha jamoalar bilan muzokaralarni boshlab yuborgan, 34 yoshli Robben esa “Bavariya”da qolmoqchi.



Fikrlar