
“Bavariya” frantsuz futbolchisi bilan shartnoma imzoladi
Germaniyaning “Bavariya” jamoasi frantsiyalik hujumchi Kingsli Koman bilan shartnoma tuzdi. Myunxen klubi rasmiy sayti bergan xabarga ko‘ra, kelishuv 2020 yilga qadar mo‘ljallangan. Shu vaqtga qadar Koman ijara asosida “Bavariya” safida to‘p surib kelar edi.
“Koman bizning kelajagimizda muhim o‘rin tutadi. U katta potentsialga ega futbolchidir. Biz ishonamizki, Koman bizga yaqin yillarda katta yordam beradi, uni qo‘llaymiz”, - deb aytib o‘tdi “Bavariya” klubi boshqaruvi raisi Karl-Xaynts Rummenigge.
Ma’lumot uchun, Koman bu mavsum myunxenliklar safida Bundesligada 17 bahsda maydonga tushdi va ikkita to‘p kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar