"Bavariya" etakchilaridan biri "Liverpul"ga qarshi o‘yinda ishtirok eta oladi

  • 16 fevral, 2019, 18:32
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor bundan avvalroq "Bavariya" vingeri Kingsli Koman jarohat olgani haqida xabar bergan edik.

Tecno

Myunxenliklar rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra 22 yoshli frantsiyalik futbolchi chuqurlashtirilgan tibbiy tekshiruvdan o‘tkazildi. Natijada esa uning jarohati u qadar jiddiy emasligi ma’lum bo‘ldi.

Shu tariqa Koman 19 fevral kuni “Liverpul”ga qarshi EChL 1/8 final bosqich dastlabki bahsda jamoasiga yordam bera oladi.

Ma’lumot uchun, Koman joriy mavsum “Bavariya” safida 15ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 5ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!