
"Bavariya" "Inter" ko‘zlayotgan futbolchiga qiziqib qoldi
Myunxenning "Bavariya" klubi "Bordo" yarim himoyachisi Orelen Tchuameniga jiddiy qiziqish bildira boshladi. Bu haqda Bild nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra nemis grandi 18 yoshli frantsiyalik futbolchini sinchkovlik bilan kuzatmoqda. Ular Tchuamenini mavsum yakunlangach sotib olishni rejalashtirishmoqda. Qayd etish lozimki, ushbu futbolchi uchun shuningdek Milanning "Inter" klubi ham kurash olib bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, Tchuameni joriy mavsum "Bordo" safida jami 16ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 1ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan. Uning transfer bahosi 5 mln evroni tashkil etadi.
Fikrlar