"Bavariya" Bundesliga to‘purarini sotib olmoqchi

  • 15 noyabr, 2018, 17:19
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Myunxenning "Bavariya" klubi "Ayntraxt" forvardi Luka Yovichni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda Bild nashri xabar bermoqda.

Tecno

Biroq, bu transfer joriy mavsum yakuniga etgachgina amalga oshirilishi mumkin. Chunki, frankfurtliklar ayni damda to‘purar bo‘lib turgan 20 yoshli bosniyalik futbolchini  mavsum yarmida qo‘yib yubormasliklari aniq. Qolaversa, Yovich asli “Benfika” futbolchisi hisoblanadi. “Ayntarxt” uni bir mavsumga ijaraga olgan.

Ma’lumot uchun, Yovich joriy mavsum Bundesligada jami 9ta o‘yinda ishtirok etdi va raqiblari darvozasiga 9ta gol urishga erishdi. U hozirda chempionat to‘purari hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!