
"Bavariya" 21 yoshli turk futbolchisiga qiziqib qoldi
Rimning “Roma” klubi yarim himoyachisi Jengiz Under faoliyatini Bundesligada davom ettirishi mumkin.
Bild nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 21 yoshli turkiyalik futbolchi “Bavariya”ning qiziqishlar doirasiga kirib qolgan. Myunxenliklar Underni jamoaning biroz yoshi ulg‘ayib qolgan etakchilari – Aren Robben hamda Frank Riberilarning o‘rniga munosib nomzod sifatida qarashmoqda. Rimliklar esa Under uchun 60 million evro so‘rashmoqda.
Ma’lumot uchun, Under joriy mavsum A Seriyada jami 6ta o‘yinda maydonga tushgan va o‘z hisobiga 1ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar