"Barselona" qishda "Chelsi" himoyachisini ijaraga olmoqchi
Kataloniyaning "Barselona" klubi "Chelsi" himoyachisi Andreas Kristensenning xizmatlariga jiddiy qiziqish bildira boshladi. Bu haqda Sport.es nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “ko‘k-anor ranglilar” 22 yoshli daniyalik futbolchini mavsum yakuniga qadar ijaraga olish bo‘yicha “aristokratlar”ga rasmiy taklif bilan murojaat qilishgan. Ular shu yo‘l bilan jarohatdan boshi chiqmay qolgan frantsiyalik himoyachi Samyuel Umtitining o‘rnini bilintirmaslikka harakat qilishmoqchi.
O‘z navbatida Kristensenning o‘zi ham “Kamp Nou”ga o‘tishga qarshi emas, ammo “Chelsi” rahbariyati uni ijaraga bermoqchi emas, balki to‘liq sotib yuborishmoqchi. Biroq, ushbu holatga Daniya terma jamoasi ham aralashib, londonliklarni ushbu kelishuvga ko‘ndirishmoqchi.
Ma’lumot uchun, Kristensen joriy mavsum “Chelsi” safida 9ta o‘yinda maydonga tushdi.



Fikrlar