
"Barselona" prezidenti jamoani kelgusi mavsum qaysi murabbiy boshqarishini aytdi
Kataloniyaning "Barselona" klubi prezidenti Xosep Mariya Bartomeu jamoa bosh murabbiyi Ernesto Valverde kelgusi mavsum ham o‘z ishini davom ettirishini aytdi.
“Valverde kelgusi mavsumda ham jamoani shug‘ullantirishiga shubha qilmayman. Ma’lum vaqtdan so‘ng biz bu masala u bilan gaplashamiz. Biz Valverdega ishonamiz va uning faoliyatidan to‘liq qoniqish xosil qilyapmiz. U jamoaning o‘yin tizimini yaxshi biladi. Uning ish tizimi bizga yoqyapti”, - deydi prezident.
Eslatib o‘tamiz, 54 yoshli mutaxassis “Barselona”ni 2017 yildan buyon boshqarib kelmoqda.
Fikrlar