“Barselona” futbolchisi “Zenit”ga o‘tishni istamadi

  • 2 avgust, 2018, 23:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniyaning “Barselona” klubi himoyachisi Yerri Mina faoliyatini Rossiyada davom ettirishni istamadi.

Tecno

Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 23 yoshli kolumbiyalik futbolchi Sankt-Peterburgning “Zenit” klubidan bo‘lgan taklifga rad javobini bergan. Ta’kidlash kerakki, Mina uchun ayni damda “Manchester Yunayted” klubi asosiy da’vogar sifatida tilga olinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Barselona” Minani 40 mln evro evaziga sotib yuborishga tayyor ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Yerri Mina kataloniyaliklar safiga joriy yilning yanvarida Braziliyaning “Palmeyras” klubidan kelib qo‘shilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!