"Barselona" de Yongning tovon pulini belgiladi
Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, kataloniyaliklar uning tovon pulini 400 mln evro etib belgilagan. Shu tariqa 21 yoshli futbolchining tovon puli bu borada klubdagi uchinchi eng katta ko‘rsatkich sanaladi.
Undan oldinda Lionel Messi (700 mln evro), Jerar Pike, Serxio Buskets, Serxi Roberto va Samuel Yumtitilar (500 mln evro) borishmoqda.
De Yongning transferi esa klub tarixidagi beshinchi eng qimmatbaho kelishuvga aylandi. Kataloniyaliklar faqat Filipe Koutino (130 mln evro), Usmon Dembele (120 mln evro), Neymar (88,2 mln evro) va Luis Suares (81,72 mln evro) uchun Frenkiga to‘langan summadan ko‘ra ko‘proq pul to‘lashgan.



Fikrlar