
"Barselona" bosh menejeri: Hozircha Valverde bilan shartnoma uzaytirilgani yo‘q
Kataloniyaning "Barselona" klubi bosh menejeri Pep Segura jamoa bosh murabbiyi Ernesto Valverdening “Kam Nou”dagi kelajak faoliyati borasida to‘xtalib o‘tdi.
“Biz u bilan har kuni gaplashamiz. Aytishim mumkinki, Ernestodek professional bilan yaqin munosabatlarda bo‘lsangiz, bu borada hech qanday tashvishlanishga hojat yo‘q. Uning shartnomasi bor, biz ham, u ham xursand. Agar hamma narsa avvalgidek qolsa, u holda hech narsa o‘zgarmaydi. Lekin, hozircha u bilan yangi shartnoma imzolanganicha yo‘q”, - deydi Segura.
Ma’lumot uchun, Valverde “Barsa”ni 2017 yilning yozida qabul qilib olgan edi. Uning amaldagi shartnomasi esa 2019 yilning yozida o‘z nihoyasiga etadi.
Fikrlar