
"Barselona" Pogbaning transferi masalasini kelasi yozgacha hal qilmoqchi
“Barselona” klubi hamon “Manchester Yunayted” sardori va yarim himoyachisi Pol Pogbani tarkibga qo‘shib olish fikridan qaytmayotir, deya xabar beradi Express nashri. Manbada yozilishicha, 25 yoshli frantsiyalik futbolchining transferi 2019 yil yoziga qadar buni amalga oshirishni rejalashtirgan.
Avvalroq “ko‘k-anorranglilar” bu futbolchi uchun 50 million funt (55,6 million evro) taklif qilgan, biroq ingliz klubi buni rad qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Pogba MYu ustozi Joze Mourino bilan munosabatlari yomonlashmoqda va portugaliyalik mutaxassis bilan faqatgina agenti orqali gapirishni istamoqda.
Pogbaning ingliz klubi bilan tuzgan shartnomasi 2021 yil yoziga qadar mo‘ljallangan.
Fikrlar