
"Barselona" Pogba mavzusiga yana qaytadi, faqat...
Kataloniyaning "Barselona" klubi bu yoz "Manchester Yunayted" xavbeki Pol Pogbani sotib ololmadi.
Biroq, Sky Sports nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “ko‘k-anor ranglilar” 25 yoshli frantsuzning transferidan hali umidini uzishganicha yo‘q va ular bu mavzuga qishda yana qaytishni rejalashtirishmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra Pogbaning agenti “Barselona” rahbariyatiga mijozining transferida ko‘maklashishga va’da bergan.
Fikrlar