
"Barselona" "Liverpul" sobiq himoyachisini tarkibga qo‘shib olmoqchi
“Barselona” Turkiyaning “Fenerbaxche” jamoasining 34 yoshli himoyachisi Martin Shkrtelni o‘z sfiga qo‘shib olmoqchi, deya xabar bermoqda Kataloniyaning RAC1 radiostantsiyasi.
“Ko‘k-anorranglilar” vakillari slovakiyalik futbolchi agenti bilan bu borada aloqaga chiqqan. Ma’lum bo‘lishicha, Shkrtelning turk klubi bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2019 yil o‘rtalarida yakuniga etadi.
Futbolchiga shuningdek, Shotlandiyaning “Reynjers” jamoasi ham qiziqish bildirgan.
Fikrlar