
"Barselona" "Liverpul" darvozaboniga qiziqish bildirmoqda
Kataloniyaning "Barselona" klubi "Liverpul" darvozaboni Simon Minolening xizmatlariga jiddiy qiziqish bildira boshladi. Bu haqda Sky Sports xabar tarqatmoqda.
Unga ko‘ra agar kataloniyaliklar joriy yozgi transferlar davrida o‘zining gollandiyalik darvozaboni Yasper Sillessenni boshqa jamoaga sotib yuborishsa, uning o‘rniga aynan 30 yoshli belgiyalik posbonni olib kelishni rejalashtirishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, “Liverpul” braziliyalik darvozabon Alissonni sotib olgach, Minoleni transferga qo‘ydi.
Ma’lumot uchun, Minole o‘tgan mavsum mersisaydliklar safida jami 22ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z darvozasidan 30ta gol o‘tkazib yuborgan.
Fikrlar