"Barselona" Alba bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erishdi

  • 25 fevral, 2019, 14:56
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniyaning "Barselona" klubi o‘zining chap qanot himoyachisi Jordi Alba bilan shartnomani uzaytirish borasida kelishuvga erishdi. Bu haqda Sport.es xabar bermoqda.

Tecno

Unga ko‘ra yangi kelishuv 2024 yilga qadar imzolanadi. Ammo, shartnomaning qolgan qismlari oshkor etilmayapti. Bu haqda yaqin soatlar ichida rasman e’lon qilinishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 29 yoshli Alba “Barselona” safida 2012 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U joriy mavsum 35ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2ta gol hamda 14ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!