
"Barselona" 3 nafar "Bayer" futbolchisini ko‘z ostiga olib qo‘ydi
“Bayer” klubining 3 nafar futbolchisi “Barselona”ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi. Bu haqda Sport.es nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi nashrning yozishicha yakshanba kuni kataloniyaliklar sport direktori hamda Roberto Fernandes uning yordamchisi Urbano Ortegalar “dorishunoslar”ning “Volfsburg”ga (2:2) qarshi bahsida Jonatan Ta, Leon Beyli va Yulian Brandt kabi futbolchilarni kuzatishgan.
Ta’kidlash kerakki, 21 yoshli Brandtning transfer summasi tahminan 30 mln evroni tashkil etishi aytilmoqda. Taning narxi esa 25 mln evro bo‘lishi mumkin.
Fikrlar