
«Barsa»ning ko‘rinmas qahramoni (Erkin G‘aybullaev blogi)
«Barsa» bosh murabbiyi uchun ham u ortiq muhim futbolchi hisoblanmaydi. «Barselona»ning «Kamp Nou»da «Selta»ni 2-0 hisobida mag‘lub etib yangi yilga La Liga peshqadami sifatida kirib bormoqda va eng yaqin ta’qibchisidan uch ochko ilgarilab ketishi tufayli kataloniyaliklar bu mavsumda ham chempionlikni munosib himoya qilishlari oydinlashib bormoqda.
Bunday natijalarga kim sababchi? Ehtimol o‘zining La Ligadagi ettinchi golini urgan Usmon Dembelemi? Yoki ko‘plab golli uzatmalarni amalga oshirgan Xordi Albadir? 10-raqamli futbolkada o‘ynaydigan argentinalik «kichik afsungar» ham mavsumni yuqori saviyada o‘tkazmoqda. Ammo hech kim «Barsa»ning o‘yinini qurishda katta mehnat qiladigan, jamoadoshlariga muhim uzatmalarni beradigan 4-raqam egasi haqida ko‘p yozmaydi.
La Liganing joriy mavsumida 15 o‘yin o‘tkazgan xorvatiyalik yarim himoyachi o‘zining jonkuyarligi va «qora mehnat»ni bajarishi tufayli jamoasining g‘alabalariga munosib hissasini qo‘shmoqda.
2018-yil u uchun ham ancha omadli bo‘ldi. Luka Modrich Xorvatiya termasi bilan Rossiyada bo‘lib o‘tgan Mundialda finalgacha chiqqani va klubda EChL bosh sovriniga ega chiqib «Oltin to‘p»ni olganiga qaramay, Xorvatiya terma jamoasi muvaffaqiyatida Rakitichning ham o‘rni bor edi.
Eslatish joizki, aynan Rakitichning Daniya darvozasiga sovuqqon tarzda penaltidan gol urishi termasini chorak finalga chiqishiga sababchi bo‘lgandi. Keyinchi bosqichda Rossiyaga qarshi navbatdagi chiroyli o‘yinini ko‘rsatgach Xorvatiya turnirning yarim finaliga yo‘l oldi. Ruslarga qarshi u nafaqat ajoyib uzatmalar, ajoyib harakatlar ko‘rsatdi. Balki u bundan ortiqroq ko‘lamdagi ishni bajardi.
Yakunda Modrich sharafga burkaldi. «Barselona»da esa boshqalar oldingi safda ko‘rsatildi.
Kataloniyaliklarda Ernesto Valverdening “sariq sochli jangchi”ning naqadar muhim futbolchi ekanligini tasdiqlashi ham o‘rinli. Serxio Buskets bilan Rakitich «Barselona»ning boshqa yarim himoyachilari orasida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchi hisoblanadi.
Qirol Kubogi doirasida «Kultural Leonesa»ga qarshi javob o‘yinida xorvatiyalik futbolchining tushirilishi yarim zaxira futbolchilarida tarkib topgan jamoadoshlarga ishonch bag‘ishlaganini Valverdening o‘zi ham ta’kidladi.
Rakitichning «Barselona» safida almashtirib bo‘lmas kamyob futbolchidan biri ekanligi ko‘p narsani anglatadi. Tarkibda ayniqsa, Messi, Buskets yoki Pike kabi ancha nomdor shaxslar borligi, Filippe Koutino, Arturo Vidal yoki etishib chiqayotgan yosh yulduz Arturlar orasida bunday sharafga erishish muhim yutuq. Rakitich mana shunday futbolchilar ichida o‘z o‘rnini yo‘qotmay kelmoqda.
Bu mavsumda u o‘ng qanot yarim himoyasida o‘ynash bilan birga yarim himoyaning chap qanotida, tayanch yarim himoyasida, zarur hollarda himoya markazida ham ko‘makchi bo‘ldi.
Uning borligi kataloniyaliklarga himoyalanishni osonlashtirib beradi. Chap qanot yarim himoyasida o‘ynash nazariy jihatdan unga tanish nuqta hisoblanmaydi. Xorvatiyalik futbolchi shunga qaramay Valverdening talablarini bajarmoqda.
Yarim himoyada muvozanatni saqlashda uning borligi Alba va Dembelega ko‘proq hujumdagi masalalarni hal qilishiga sharoit yaratib bermoqda. Uning kerakli pozitsiyani tanlash qobiliyati ham jamoasi joniga oro kirmoqda. Buskets birinchi pasni uzatishda raqib qurshovida qolib ketgan taqdirda qahramonimiz tayanch zonasigacha qaytmoqda va kataloniyalik hamkasbiga yordam bermoqda. Unday futbolchining «Barselona»da borligi bu katta yutuq hisoblanadi. Qattiq mehnat qilishiga qaramay u hamon jahon futbolining «eng qadrlanmagan» yarim himoyachisi maqomida qolmoqda. Ehtimol u ham bir kun kelib Modrich kabi tengsiz futbolchiga aylanar...
Fikrlar