«Barsa»ning eng yomon transferi

  • 23 oktabr, 2018, 20:25
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ungacha Janubiy amerikalik futbolchi kataloniyaliklarni ijtimoiy tarmoqlarda tanqid ostiga olgandi.

Tecno

Yozgi transfer paytida «Barselona» asosan boshqa klublar endi-endi o‘z safiga qo‘shib olaman degan futbolchilarni o‘ziga jalb qilish bilan shug‘ullandi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Malkomning «Kamp Nou»ga kelishi sport jurnallarining bosh sahifasidan o‘rin olgandi. Sababi Rimga uchib ketish arafasida bo‘lgan «Bordo» vingerini «ko‘k-anorranglilar» so‘nggi daqiqalarda ilib ketgandi.

Undan keyin Arturo Vidalni o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin bo‘lgan «Inter» uni qo‘ldan chiqardi va o‘z e’tiborini «Real» etakchisi va dunyoning eng yaxshi futbolchisi – Luka Modrichga qaratdi. «Barselona» «Bavariya» vakili uchun o‘shanda 20 million evro to‘ladi.

Oradan ikki oy o‘tib Malkom hamon moslasha olganicha yo‘q. U yangi jamoasi libosida atigi ikki marta ko‘rinish berdi. «Barsa»ga 41 million evroga tughshgan futbolchi uchun bu juda kam.

To‘g‘ri u hali juda yosh. Endigina 21 ga kirgan iqtidor egasi o‘zini ko‘rsatishi uchun o‘z o‘yinini yanada kuchaytirishi mumkin. Ungacha u Valverdening asosiy tarkibidan o‘rin olmasligi aniq.

31 yoshli Vidal esa kuchsizlanib qolgan yarim himoyaga tezda moslashib asosiy tarkibga kirishda qiynalmaydi, degan tahminlar bor edi. Shunga qaramay klub unga ham etarlicha o‘yin amaliyoti bermayapti.

Maydonda o‘zini ko‘rsatishini kutgan muxlislar esa umuman boshqacha stsenariyni kuzatishmoqda. Yaqinda Vidal Germaniyadagi faoliyati vaqtida tungi klubda chiqargan janjali uchun sudga chaqirilgan Vidalni ko‘rishmoqda. O‘tgan yili sentyabr oyida yuz bergan voqea uchun futbolchi 800 ming evro jarima to‘lashi kerak.

Vidal «Yuventus» va «Bavariya»da yarim himoyadagi «jangchi» roli tufayli ancha obro‘ga ega. «Barsa»ning asosiy tarkibiga kirish uchun harakat qilish o‘rniga u o‘z vaqtini klubdan ketish bilan qo‘rqitishni boshlab yuborgan.

Klubdagilarga esa uning o‘zini tutishi umuman yoqmayapti. Futbolchi yosh bolalardek ijtimoiy tarmoqlarda unga o‘yin amaliyoti berilmayotganidan norozi ekanligini bo‘lishish bilan ovora.

«Uembli»da «Tottenxem» ustidan qozonilgan g‘alabali uchrashuvning 87-daqiqasidagina maydonga tushirilgan futbolchi Instagramdagi sahifasida jahli chiqqan smaylik qoldirgan.

«Hech qachon taslim bo‘lma. Yaxshi davr hali kelgani yo‘q» – deya izoh ham qoldirgan.

«Valensiya» bilan bo‘lgan durangda zaxirada qoldirilgan chililik futbolchi yana sirli xabar qoldirgan: «Avliyolarga qarshi olishma.»

Vidal ushbu izohi bilan uni tanqid ostiga olganlarga qaratilganini aytganiga qaramay kataloniyaliklar rahbariyati uni navbatdagi izohi turli bahs-munozaralarga sababchi bo‘lganidan norozi bo‘lmoqda.

«Vidal bilan bog‘liq vaziyat tushunarli. U birinchidan klub uchun o‘ynashni va g‘alabalarga o‘z hissasini qo‘shishni istaydi. Yomon tomoni u professional tarzda o‘zini tutmayapti. Murabbiy va jamoadoshlarini hurmat qilmadi» – dedi klub mutasaddisi Pep Segura Vidal haqida fikr bildirarkan.

Ayni vaqtda chililik futbolchining asosiy tarkibga kirishi dargumon. Artur berilgan imkoniyatlarda o‘zini ijobiy tarafdan ko‘rsata oldi. U Buskets va Rakitich yonida o‘zini yo‘qotib qo‘ymadi.

Filippe Koutinoning qanot hujumiga chiqarilishi ortida braziliyalik futbolchi o‘z o‘rnini topib olgandek taassurot uyg‘otmoqda.

31 yoshga kirganiga qaramay Vidal hali o‘zini ko‘rsatishga qurbi etadi. U kataloniyaliklar uchun ajoyib zaxira futbolchisiga aylanishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!