“Barsa”ni huquqshunoslar ham to‘xtata olmadi!

  • 19 yanvar, 2019, 15:34
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

«Barselona» Qirol Kubogida 2013/14-yilgi mavsumdan beri chiqib ketmagan, o‘shanda ham so‘nggi bosqich – finalgacha etib borgandi. Kecha Ispaniyada «Kopa del Rey»ning chorak finaliga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda markaziy juftlik «Barselona» va «Sevilya» qarama-qarshiligi bo‘ladi. Ammo ungacha ispan nashrlarida bir voqea zimdan yoritib borildi. Qur’a tashlash marosimiga kataloniyaliklar tashrif buyurmasligi mumkin edi. Bunga «Levante» klubi tish-tirnog‘i bilan qarshilik qildi. Boisi birinchi o‘yinda «Barsa» tarbiyalanuvchisi Chumining «Barselona B»da olgan sariq kartochkalar soni beshtaga etganligi va navbatdagi o‘yinni o‘tkazib yuborishi kerakligini talab qilishdi. Xuddi bir necha mavsum avval «Real»da ham xuddi shu holat takrorlangandi. Diskvalifikatsiyasi bor Denis Cherishev maydonga tushgan va natijada «Real» musobaqadan chetlatilgan edi. Bu safar ularning azaliy raqibi «Barselona» qutulib qoldi.

Tecno

«Ko‘k-anorranglilar» oxirgi marta Qirol Kubogida naq besh yil oldin o‘tkazgan final o‘yinida Garet Beyl o‘zining yashin tezligida Mark Bartrani quvib o‘tgandi va Xose Pintuni osonlikcha aldab «Mestalya»dagi finalda «Real»ga g‘alaba keltirgandi. Hozir bunga ancha payt bo‘lgandek sezilishi mumkin.

O‘shandan keyin «Barsa» Qirol Kubogini qatorasiga to‘rt mavsum hech kimga bermay kelmoqda. Safarda «Levante»dan 2-1 hisobida mag‘lub bo‘lganiga qaramay kataloniyaliklar o‘z uylarida «qurbaqalar»ni 3-0 hisobida «yanchib tashladi».

Usmon Dembelening dubli va Lionel Messining goli Ernesto Valverde jamoasini chorak finalga olib chiqdi. Maydonda ular engilmasdek ko‘rinmoqda.

Ularni faqatgina huquqshunoslar to‘xtatib qolishlari mumkin edi. Ammo bu ham yuz bermadi.

Payshanba kuni El Mundo nashri «Barsa» ishtirok etishga huquqi yo‘q himoyachisi Chumini o‘tgan haftada bo‘lib o‘tgan o‘yinda maydonga tushirgani haqida bong urdi.

Chumi «Barsa B» safida Segunda B da olgan sariq kartochkalar soni beshtaga etgani tufayli diskvalifikatsiya olgandi. El Mundo nashri himoyachi asosiy jamoa uchun ham o‘ynay olmasligini iddao qildi.

Shtab-kvartirasi Madridda joylashgan gazeta 56.3-moddani asos sifatida keltirdi. Unda futbolchi ta’qiq tufayli boshqa klub uchun o‘ynay olmaydi. Shunga qaramay chempionatda olingan diskvalifikatsiya Qirol Kubogi doirasida amal qilmaydi va «Barsa» noto‘g‘ri ish qilmayotganiga ishonardi. «Bizda Chumini tushirish bo‘yicha oldin ham hozir ham shubhamiz yo‘q» – dedi Valverde «Levante» ustidan qozonilgan o‘yindan keyin – «Biz to‘g‘ri ish qilganimizga ishonamiz va qur’ada ishtirok etishimizga ishonchim komil.»

Qo‘shimcha qilarkan, «Chumida diskvalifikatsiya borligini bilardim va uni La Ligada «Eybar»ga qarshi tushira olmayman.»

O‘z navbatida «Levante» prezidenti Kiko Katalan «maydonda nima bo‘lishidan qat’iy nazar Federatsiyaga arz qilaman» dedi. Ammo u bu gaplarni bir necha kun o‘tib El Mundo nashri orqali xabar topganidan keyingina aytdi.

Huddi shunday holat «Real»da 2016/17-yilda ham takrorlangandi. Qirol Kubogi doirasida Zinedin Zidan yosh tarbiyalanuvchisi Alvaro Texeroga «Kultural Leonesa»ga qarshi debyutini o‘tkazishga imkon bergandi. O‘sha vaqtda yosh himoyachi «Kastilya»da diskvalifikatsiyasini o‘tayotgandi.

«Agarda biz chorak finalda bo‘lmasak bu adolatdan bo‘lmaydi» – dedi Ivan Rakitich g‘alabadan keyin bergan intervyusida.

Ammo Ispaniya Futbol Federatsiyasi «Barselona» xato qilmagan deb topdi va unga beshinchi marta Qirol Kubogini himoya qilishiga qo‘yib berdi. «Levante» huquqshunoslari ham Qirol Kubogining amaldagi chempionini to‘xtata olmadi.

O‘z maqsadlari ro‘yxatida Qirol Kubogi uchinchi o‘rinda bo‘lgan kataloniyaliklarda mavsumni trebl bilan yakunlash varianti saqlanib qoldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Мурат Маткаримов
19/01/2019 18:28
Барселона????????????