"Barsa" muxlislari uchun noxush xabar

  • 8 noyabr, 2018, 20:26
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" klubi yarim himoyachisi Filippe Koutino jarohatlandi.

Tecno

Mutaxassislar ko‘rigidan so‘ng, Koutinoning chap oyog‘ining mushaklari shikastlanganligi ma’lum bo‘ldi. 

"Barsa" rasmiy veb-saytining xabar berishicha, braziliyalik xavbek jamoaga 2-3 hafta davomida yordam berolmaydi.

Filippe 11 noyabrda bo‘lib o‘tadigan "Betis"ga qarshi bahsni o‘tkazib yuborishi aniq. 24 noyabr kuni "Atletiko"ga qarshi uchrashuvda futbolchining ishtiroki so‘roq ostida qolmoqda.

Ma’lumot uchun, Filippe Koutino joriy mavsum 11 uchrashuvda ishtirok etib, 4 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol etdi va 1ta golga assistentlik qildi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!