«Barsa» «El Klasiko»da Messisiz qay ko‘rinishda o‘ynaydi?

  • 26 oktabr, 2018, 14:57
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniyaliklar azaliy raqibi «Real Madrid» tashrif buyuradigan derbida o‘z sardorisiz maydonga tushishga majbur. Bu esa Ernesto Valverdega asosiy tarkibni tanlashda bir qator muammolar tug‘diradi. Xo‘sh, «Barselona» «Real»ga qarshi qanday tarkibni maydonga tushiradi? Quyida ana shu haqida fikr yuritamiz.

Tecno

Lionel Messi o‘ng qo‘lidan jarohat olganidan keyin uch hafta maydonga tusha olmasligi ma’lum bo‘lgach, bu holat klub muxlislarida sarosima uyg‘otgani aniq.

Chunki yaqinlashib kelayotgan «El Klassiko»da o‘z suyuklilari etakchi futbolchisiz qanday o‘ynashi ko‘pchilikni tashvishlantirgani rost.

Messi avvalo 26 gol va 14 golli uzatmasi bilan «El Klassiko» qiroli hisoblanadi. Bu bilan u ushbu duelning eng samarali futbolchisi hisoblanadi.

Bu nuqtayi nazardan qaraganda u alishtirilmas o‘yinchi. Boshqa tomondan 10-raqam egasini o‘rnini kim munosib to‘ldira oladi?

Valverde uning o‘rniga kimni tushirishi mumkin?

Chorshanba kuni kataloniyaliklar ustozi unda «ko‘plab variantlar» borligini aytdi. Biroq katta ehtimol bilan Messining o‘rniga tushadigan futbolchi bu Usmon Dembele bo‘lishi kutilmoqda. Har holda «Sevilya»ga qarshi uchrashuvdan keyinoq mana shu tahminlar ko‘p bora aytilgandi.

105 million evroga olib kelingan frantsiyalik iqtidor egasi Kataloniyadagi debyut mavsumida ham o‘yin, ham sport formasi bo‘yicha ancha qiyinchiliklarga duch keldi.

Shunga qaramay u yangi mavsumda ancha yaxshiroq o‘yin ko‘rsatmoqda.

Faqatgina Messi undan yuqori ko‘rsatkichga ega. Dembeleda gollar soni 5 ta, havfli vaziyatlar soni 24, driblinglar soni esa 18 tani tashkil qiladi. U «Sevilya»ga qarshi 65 daqiqa ichida 4 muhim uzatmalarni amalga oshirdi. Bu o‘yinni to‘liq o‘tkazgan Koutino va Ever Baneganikidan ham ko‘proq degani.

Mana shunday yuqori statistikaga ega bo‘lishiga qaramay, Dembele Chempionlar Ligasining 3-turida «Inter»ga qarshi o‘yinda zaxirada qoldirildi. Ehtimol «Renn»ning sobiq «mahsuloti» Valverdeni o‘z o‘yinlari bilan hamon ishontira olmagandir.

Har qanday gap-so‘zlarga qaramay o‘sha uchrashuvda kutilmaganda Rafinya ilk daqiqalardan maydonga tushirildi va jamoasi g‘alabasiga o‘z goli bilan hissa qo‘shgan braziliyalik futbolchi «Real»ga qarshi o‘yinda yana asosiy tarkibda paydo bo‘lishi ehtimoli ham paydo bo‘ldi.

Bungacha 25 yoshli futbolchi «ko‘k-anorranglilar» uchun to‘rtta o‘yinda ishtirok etishga ulgurgandi. Biroq ularning hammasida Rafinya asosan zaxiradan tushirildi.

Shuningdek, 21 yoshli boshqa bir braziliyalik – Malkom ham «qaymoqranglilar»ga qarshi o‘yinda yana bir variant bo‘lishi mumkin. Shu yil yozida «Bordo»dan 41 million evro evaziga kelgan Malkom ham Valverdening «yashirin quroli» bo‘lishi mumkin.

Ammo Valverde Rafinya va Dembeledan birini tanlasa kerak. Ular tezligi bilan kutilmagan mo‘jizalarni yaratishi mumkin.

Bu ikkovlon orasida esa Valverde Rafinyani tanlaydigandek taassurot qoldirmoqda. «Inter»ga qarshi o‘yini murabbiyda katta taassurot qoldirgan. «Gol urganingda hammasi yorqin tus oladi, ammo Rafinya hamma ko‘rdi, juda yaxshi o‘ynadi. U chiziqlarni bog‘lashda juda ajoyib o‘ynadi.»

«Barsa» bosh murabbiyi shu qatorda Dembele haqida ham fikr bildirdi. «Agarda Dembele o‘ynamasa men birortasiga sha’ma qilmoqchimasman. Bunday tushunish xato bo‘ladi. U tarkibning bir vakili. Ba’zan u, ba’zan boshqalar o‘ynaydi.»

«Real»ga qarshi o‘yinda biz ham Rafinya, ham Dembeleni ko‘rishimiz mumkin. Rafinya asosi tarkibda o‘yinni boshlasa, Dembele zaxiradan o‘yinga qo‘shilishi mumkin. Valverde aytganidek, «Bitta futbolchi Leoning o‘rnini to‘ldira olmaydi. Bu jamoaviy majburiyat».

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!