Barbora Strikova qatarlik tennischini ayab o‘tirmadi
Chexiyalik Barbora Strikova Doxa shahrida ayollar o‘rtasida o‘tayotganm musobaqaning ikkinchi davrasiga qiyinchiliksiz o‘tib oldi.
Barbora birinchi davrada qatarlik Oman Fatma Al-Nabxanini har ikkala setda bir xil 6:1 hisobida taslim qildi.
Shu tariqa "Qatar Total Open" turnirining ikkinchi davrasiga yo‘l olgan Strikova rossiyalik Anna Blinkova, yoki latviyalik Anastasiya Sevastovaga qarshi kortga chiqadi.



Fikrlar