Banega "Sevilya"ga qaytganini e’lon qildi
Milanning “Inter” klubi yarim himoyachisi Ever Banega faoliyatini “Sevilya”da davom ettiradi. Garchi bu haqdagi xabar 27 iyun kuni e’lon qilingan bo‘lsada, har ikkala klub ushbu transferni rasman tasdiqlashmagan edi. Biroq, Baneganing o‘zi yangi mavsumni andalusiyaliklar tarkibida boshlashi haqida xabar berdi.
Ta’kidlash kerakki, argentinalik futbolchi “neradzurrilar” safiga bundan bir yil muqaddam aynan “Sevilya”dan ko‘chib o‘tgan edi.
Eslatib o‘tamiz, 28 yoshli futbolchi o‘tgan mavsum jami 33ta uchrashuvda ishtirok etib, o‘z hisobiga 6ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan.



Fikrlar