
Banega "Arsenal"ga o‘tadi
"Sevilya" yarim himoyachisi Ever Banega Angliya premer-ligasiga ko‘chib o‘tishga juda yaqin turibdi.
Goal.com tarqatgan xabarga ko‘ra argentinalik futbolchining agenti ayni damda Londonda bo‘lib turibdi va “Arsenal” bilan mijozining transferi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazmoqda. Ushbu transfer 20 mln evroga baholanmoqda.
Gap shundaki, “kanonirlar” ustozi Unai Emeri jamoadan ketishi aytilayotgan Aaron Remzi o‘rniga aynan “Sevilya”dagi sobiq shogirdini munosib ko‘rmoqda.
Ma’lumot uchun, Banega joriy mavsum andalusiyaliklar safida jami 28ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 8ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar