
Bahodir Bakiev MMAda navbatdagi jangini Rossiyada o‘tkazadi
15 dekabr kuni Rossiyaning Irkutsk shahridagi “Trud” sport saroyida aralash jang san’talari bo‘yicha BFC-1 turniri tashkil etiladi.
Turnirda 10 ta professional jang o‘tkaziladi. Unda Mo‘g‘iliston, Tojikiston, O‘zbekiston va Qirg‘izistondan sportchilar ishtirok etadi. MMA qoidalari janglari bo‘yicha tashkil qilinadigan turnirda jangovar sambo bo‘yicha xalqaro sport ustasi o‘zbekistonlik Bahodir Bakaev qirg‘izistonlik Bakit To‘ychievga qarshi ringga chiqadi.
Kechaning asosiy jangida engil vazn toifasida (61,2 kg) chempionlik kamari uchun Bair Asalxanov va Mixail Pogodin bilan kuch sinashadi.
Fikrlar