
Azarning transferini 20 million evroga baholashmoqda
Myunxengladbaxning “Borussiya” klubi yarim himoyachisi Torgan Azar mavsumlar oralig‘ida jamoani tark etishi mumkin.
Footmercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 25 yoshli belgiyalik futbolchiga “Sevilya” hamda “Roma” klublaridan jiddiy takliflar bo‘lmoqda. O‘z navbatida nemis klubi Azar uchun 20 mln evro talab qilmoqda.
Ma’lumot uchun, Torgan Azar o‘tgan mavsum 34ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 10ta gol hamda 6ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar