Azar: Shartnomam oxirigacha "Borussiya"da qolmoqchiman

  • 24 avgust, 2018, 19:57
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Myunxengladbaxning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Torgan Azar yaqin orada jamoasini o‘zgartirish niyati yo‘qligi haqida aytib o‘tdi.

Tecno

“Men “Borussiya”da qolaman deb o‘ylayman. Ayni damda esa Bundesliganing boshlanishini sabrsizlik bilan kutyapman.  

“Sevilya”? Bu yaxshi jamoa, lekin “Borussiya” ham undan qolishmaydi. Mening klub bilan amaldagi shartnomam tugashiga yana 2 yil bor va men ushbu muddat yakuniga qadar qolmoqchiman”, - deydi belgiyalik futbolchi.

Ma’lumot uchun, 25 yoshli Azar o‘tgan mavsum “Borussiya” M safida jami 37ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 11ta gol hamda 9ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!