
Azar: Sarri Konte yoki Mourinoga o‘xshamaydi
Londonning "Chelsi" klubi yarim himoyachisi Eden Azar jamoa bosh murabbiyi Mauritsio Sarrini “aristokratlar”ning avvalgi murabbiylari bilan solishtirdi.
“Menga to‘p bilan muamala qilish yoqadi. O‘z darvozam oldida emas, raqib darvozasi oldida. Menga bunday o‘yin uslubi juda yoqadi. U Antonio Konte yoki Joze Mourinoga o‘xshamaydi. Hozirgi taktika bo‘yicha biz to‘pni ko‘proq nazorat qilyapmiz va bu juda ajoyib”, - deydi belgiyalik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, Sarri qo‘l ostidagi “Chelsi” joriy mavsum APLning o‘tgan 4ta turining barchasida g‘alaba qozondi.
Fikrlar