
Azar: Anri kelajakda buyuk murabbiy bo‘ladi
Londonning "Chelsi" klubi vingeri Eden Azar kuni kecha “Monako”dan iste’foga chiqarilgan Terri Anrini yana Belgiya terma jamoasida ko‘rmoqchi ekanligini aytdi.
“Anrining kelajakda buyuk murabbiy bo‘lishiga shubham yo‘q. Agar u Belgiya terma jamoasiga qaytsa, bundan faqatgina xursand bo‘lamiz. Agar Terri qaytishni istasa, bizni qaerdan topishni yaxshi biladi”, - deydi Azar.
Eslatib o‘tamiz, 41 yoshli frantsiyalik mutaxassis “Monako”ga ishga o‘tgunicha Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martinesga assistentlik qilib kelayotgan edi.
Fikrlar