
"Australian Open": Elina Svitolina yarim final uchun o‘ynaydi
Melburn shahrida o‘tayotgan "Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi "Australian Open" musobaqasida ayollar to‘rtinchi davra bahslarini o‘tkazmoqda.
Sovrin jamg‘armasi 60,000,000 Avstraliya dollarini tashkil etuvchi mazkur chempionatda ukrainalik Elina Svitolina amerikalik Medison Kizni 6:2, 1:6, 6:1 hisobida engdi.
Endi Avstraliya ochiq chempionatining chorak finalida Svitolina yaponiyalik Naomi Osaka, yoki latviyalik Anastasiya Sevastovaga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar