
Australian Open-2019 turnirining mukofot jamg‘armasi qancha?
"Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi Avstralich ochiq chempionatining mukofot jamg‘armasi e’lon qilindi. WTA e’lon qilgan xabarga ko‘ra, 2019 yilgi musobaqaning mukofot jamg‘armasi 60,5 mln Avstraliya dollari (42,7 mln AQSh dollari)ni tashkil etadi.
Mukofotlar taqsimoti borasidagi yakuniy qaror hali qabul qilinmadi, ammo odatda ayollar va erkaklar o‘rtasidagi bahslarning mukofot jamg‘armasi bir xil bo‘ladi. 2018 yilda g‘oliblar 4 mln AQSh dollari miqdoridagi mukofot pulin o‘ziniki qilgan edi.
Shuningdek barcha kortlarda ochko o‘ynalgandan keyin to‘pni o‘yinga kiritish uchun 25 soniyalik cheklovlarga ega bo‘lgan taymerlar ham o‘rnatiladi. "Xouk-ay" tizimi ham barcha 16 kortning barchasiga o‘rnatiladi.
Bundan tashqari saralash bosqichida ishtirok etuvchi tennischilar soni 96 tadan 128 taga qadar ko‘paytiriladi.
Fikrlar