«Atletiko»ning durangi

  • 11 yanvar, 2019, 12:40
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

 «Atletiko Madrid» hamshaharlariga o‘xshab La Liganing so‘nggi turida muhim ochkolarni yo‘qotdi. «Real» suv va havodek zarur uch ochkoni yo‘qotgan bo‘lsa, kataloniyaliklarni jiddiy tarzda ta’qib qilayotgan «matroslar» ikki ochkoni boy berdi. Shu tariqa ular «ko‘k-anorranglilar»dan endi naq besh ochkoga ortda qolmoqda.

Tecno

Ammo uning raqibi «Sevilya» bo‘lganini ham unutmaslik kerak. Turnir jadvalida ikkinchi va uchinchi o‘rinni egallab turgan klublar murosa ko‘chasini tanlashdi. O‘yinning so‘nggi 10 daqiqasi jiddiy qoidabuzarliklar va qo‘polliklar bilan tugagani ochko jamoalarga qanchalik muhim ekanligini ko‘rsatib berdi. Ushbu o‘yin natijasidan kimga foyda-yu kimga zarar?

G‘olib: Antuan Grizmann

«Atletiko» birinchi bo‘limdan keyin 1-0 hisobida ortda borganini hisobga olsak yakuniy natija yomon emas. Ular bir taym sevilyaliklar darvozasi tomon yo‘l topishda juda qiynalishdi. Diego Simeone 1-0 hisobida ortda qolganidan keyin shogirdlarini ikkinchi taymga jangovar kayfiyatda olib tushdi.

Ammo ularning yulduzidan tashqari. Antuan Grizmann qolganlardan mutlaqo ajralib turdi. U jarima maydonchasining yonginasida zarba yo‘llashda mohirlik ko‘rsatdi va so‘nggi etti o‘yindagi beshinchi golini kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

Mag‘lub: Stefan Savich

Stefan Savich «matroslar» safini to‘ldirganida u so‘zsiz asosiy himoyachiga aylanishi kutilgandi. Ammo Diego Simeone chernogoriyalik futbolchini asosiy tarkibda ko‘rmayapti. Diego Godinning yonida Xose Ximenes o‘ynaganida klub ancha yaxshiroq o‘yin namoyish qilmoqda.

«Sevilya»ga qarshi o‘yinni Ximenes hali jarohatidan forig‘ bo‘lmagani sabab Savich ilk daqiqalardan maydonda harakat qildi. O‘yinning ko‘p qismini u yaxshi o‘tkazdi. Ammo zarur pallalarda u bor iste’dodini namoyish qila olmadi. Gol o‘tkazib yuborilgan vaziyatda himoyachi raqibiga to‘g‘anoq bo‘la olmadi.

U bu vaqtda Xesus Navasni qo‘riqlashni rejalashtirgandi. Amalda u pozitsiya tanlashda adashdi. Yaxshiyamki jamoasi qimmatli uch ochkoni yo‘qotmadi.

G‘olib: Toma Parti

«Atletiko Madrid» 2013/16-yillar oralig‘idagi muvaffaqiyatlarini takrorlay olmayotganiga bir qancha sabablar bor. Bir tomonda ular uch yil ichida ikki marta EChL finalini boy berib ruxiy sinishgan bo‘lsa, ikkinsi o‘sha yillarda klubning yarim himoyasini nazorat qilib turgan Tyago va Gabiga munosib o‘rinbosarlar topilmagani bo‘ladi.

Rodri timsolida ular «yangi Gabi»ni topishgandek. Ammo Tyagoga izdosh topish ancha qiyinroq masala. U himoyalanish bilan birga ajoyib paslari bilan jamoadoshlarining hujumlarini boshlab berardi. Toma misolida esa Simeone jamoasida «yangi Tyago» ulg‘ayib borayotganiga guvoh bo‘lmoqdamiz. Uning texnikasi yuqori bo‘lish bilan birga jismoniy ko‘rsatkichlari ham a’lo darajada. Toma Parti «simeonecha yarim himoyachi» hisoblanadi.

Andalusiyaliklarga qarshi bellashuvda Toma Grizmannga bir necha muhim uzatmalarni amalga oshirdi. Yarim himoyada jonbozlik ko‘rsatdi.

G‘olib: «Barselona»

Umuman ushbu o‘yindan keyingi g‘olib bitta: bu «Barselona». Kataloniyaliklar garchi o‘z o‘yinlarini ushbu juftlikdan keyinroq o‘tkazganiga qaramay hisobni bilgan holda ruxiy ustunlik bilan harakatlanishdi. Ikki ochkolik farqni ular besh ochkoga etkazib olishlari mumkin edi. Shunday ham bo‘ldi. «Ko‘k-anorranglilar» berilgan imkoniyatdan unumli foydalanishdi. Ernesto Valverde shogirdlari yaqqo peshqadamga aylanib olishdi.

Mag‘lub: Diego Simeone

Simeone shogirdlari «an’anaviy uchlik» ichidan birinchi bo‘lib o‘yin o‘tkazishdi. Ularda qolgan raqiblarining kayfiyatiga ta’sir qilish imkoni bor edi. Ammo klub «Sevilya»ga qarshi yaxshiroq o‘yin ko‘rsatishning uddasidan ham chiqa olishmadi. Ular bir taym o‘z o‘yinlarini topa olmadi. «Sevilya» «Atletiko»dan jiddiy qarshilik ko‘rmadi. Ikkinchi bo‘limdagi yagona xavfli vaziyatdan madridliklar unumli foydalanib qolishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Bobur Khon
11/01/2019 13:32
Tizerdan benfika qapqoq sotib olaman.998934043410
&
darwesh
11/01/2019 12:43
Диего Симеоне уз услубига янгилик киритиш керак. Атлетикога карши уйнашни испания клублари урганган