
“Atletiko” himoyachisi “Inter”ga o‘tishga yaqin turibdi
Milanning "Inter" klubi "Atletiko" himoyachisi Shime Vrsalkoni o‘z safiga qo‘shib olishga juda yaqin turibdi. Bu haqda Football Italia nashri xabar bermoqda.
Unga ko‘ra "neradzurrilar" 26 yoshli xorvatiyalik himoyachini 6 mln evro evaziga 1 mavsumga ijaraga olishadi. Ushbu muddat yakuniga etgach esa “Inter” uning transferini 25 mln evroga sotib olish huquqiga ega bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Vrsalko yaqindagina yakunlangan JCh-2018da Xorvatiya terma jamoasi bilan birga kumush medallarni qo‘lga kiritdi.
Fikrlar