
"Atletiko" etakchisi "Real"ga qarshi bahs oldidan safga qaytdi
Madridning “Atletiko” klubi himoyachisi Diego Godin yana mashg‘ulotlarga qo‘shildi. Bu haqda urugvaylik futbolchining o‘zi tvitterdagi sahifasida e’lon qilgan.
Eslatib o‘tamiz, La Liganing navbatdagi turida “matraschilar” hamshaharlari va shu bilan birga azaliy raqiblari hisoblangan “Real”ga qarshi bahs olib borishadi. Ushbu bahs 9 fevral sanasiga rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, Godin joriy mavsum “Atletiko” safida jami 23ta o‘yinda ishtirok etdi va 2ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar