
"Atletiko" "Real" ko‘zlayotgan futbolchini o‘z tomoniga og‘dirib olmoqchi
Madridning "Atletiko" klubi "Inter" forvardi Mauro Ikardi uchun kurashga qo‘shildi. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.
Unga ko‘ra “matraschilar” 25 yoshli argentinalik futbolchini yozgi transferlar davrida o‘z saflariga qo‘shib olishmoqchi. Qayd etish lozimki, Ikardi uchun shuningdek “Atletiko”ning hamshahari va ashaddiy raqibi “Real” ham jiddiy kurash olib bormoqda.
Ma’lumot uchun, ayni damda uning tovon puli 110 mln evroni tashkil etadi. Biroq, agar “neradzurrilar” u bilan shartnomani uzaytirishsa, ushbu mablag‘ 160 mln evroga ko‘tarilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Ikardi joriy mavsum “Inter” safida jami 27ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 15ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar