"Atletiko" Lukas Ernandesning maoshini ikki barobarga oshirmoqchi

  • 27 dekabr, 2018, 15:56
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Atletiko" Madrid klubi rahbariyati jamoaning asosiy himoyachilaridan biri hisoblangan Lukas Ernandesni tarkibda saqlab qolishga harakat qilmoqchi.

Tecno

Get German Football News nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “matraschilar” 22 yoshli frantsiyalik futbolchiga yangi shartnoma taklif qilishmoqchi va maoshini ikki barobar oshirishmoqchi. Ta’kidlash kerakki, uning maoshi ayni damda 3 mln evroni tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, ayni damda Ernandesga “Bavariya”dan jiddiy qiziqishlar bo‘lmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!