“Atletiko” Grizmannga o‘rinbosar topdi

  • 20 may, 2018, 13:34
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Lester Siti” hujumchisi Jeymi Vardi faoliyatini “Atletiko”da davom ettirishi mumkin. The Mirror nashrida yozishlaricha, “matraschilar” “Barselona”ga o‘tishi kutilayotgan Antuan Grizmanning o‘rniga aynan angliyalik futbolchini olib kelmoqchilar.

Tecno

Xabarda aytilishicha, madridliklar ustozi Diego Simeone Vardining o‘tgan mavsum EChLda ko‘rsatgan o‘yinidan hayratga tushgan va hujum chizig‘ida Diego Kosta bilan yaxshi juftlik hosil qiladi deb o‘ylamoqda.

Nashr ta’kidlashicha, “Atletiko” 31 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish uchun   “Lester”ga kamida 20 mln funt taklif qilishi kerak bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!