"Atletiko" Filipe Luisga o‘rinbosar topdi

  • 29 dekabr, 2018, 15:38
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Atletiko" klubi tez orada jamoadan ketishi kutilayotgan himoyachi Filipe Luisga munosib o‘rinbosar topib qo‘ydi.

Tecno

AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “matraschilar” 33 yoshli braziliyalik futbolchi o‘rniga “Portu” himoyachisi Aleks Tellesni olib kelishmoqchi.

Ma’lumot uchun, 26 yoshli futbolchi joriy mavsum “Portu” safida 24ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1ta gol hamda 5ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning portuliklar bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan. Transfer bahosi esa 25 mln evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!