Ashxobod-2017. Engil atletikachilarimiz 4ta medal bilan ortga qaytishmoqda

CHERY AUTO

Avval xabar berganimizdek ayni kunlarda Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida Jang san’ati va yopiq inshootlardagi V Osiyo o‘yinlari davom etmoqda. Musobaqaning beshinchi kuni O‘zbekiston delegatsiyasi uchun har jihatdan samarali va unumli bo‘ldi.

Tecno

Bunga qadar sportchilarimiz medallar jamg‘arish masalasida mezbonlardan so‘ng Eron, Qozog‘iston, Xitoy, Tailand, BAA, Hindiston delegatsiyalarini oldinga o‘tkazib yuborib umujamoa hisobida sakkizinchi o‘ringa joylashib olishgandi. Beshinchi kungi bellashuvlarda terma jamoamiz a’zolari 4 ta oltin, 7 ta kumush va 7 ta bronza medallarini qo‘lga kiritib, umumiy 57 ta medal bilan kuchli uchlikka ko‘tarilib olishdi.

Engil atletika bo‘yicha bellashuvlarning so‘nggi kunida terma jamoamiz a’zolari bittadan kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritishdi. Yadro uloqtirish bahslarida Elena Smolyanova 15.60 metr natijasi bilan kumush medaliga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, Marat Xaydarov ko‘pkurash bahslarida bronza medali bilan taqdirlandi.

Engil atletika bo‘yicha musobaqalar yakuniga etdi va bugun ertalab terma jamoamiz a’zolari Toshkentga jo‘nab ketishdi. Osiyo o‘yinlarida engil atletikachilarimiz tomonidan 1 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medali qo‘lga kiritildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!