
"Arsenal" va "Tottenxem" qiziqish bildirayotgan futbolchi Libertadores kubogi finalining eng yaxshi futbolchisi deb topildi
"River Pleyt" yarim himoyachisi Xuan Kintero kecha Madridda "Boka Xuniors"ga (3:1) qarshi bo‘lib o‘tgan Libertadores kubogi finalining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Qayd etish lozimki, aynan 25 yoshli kolumbiyalik futbolchi kechagi bahsda jamoasining g‘alaba goliga mualliflik qildi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Kinteroga Londonning ikki grandi – “Arsenal” va “Tottenxem”dan jiddiy qiziqishlar bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar