"Arsenal" endi Malkomni qo‘lga kiritishga urunib ko‘rmoqchi

  • 27 yanvar, 2019, 13:03
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniyaning "Barselona" klubi vingeri Malkom mavsumning qolgan qismini Angliya premer-ligasida yakunlashi mumkin.

Tecno

The Sun nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 21 yoshli braziliyalik futbolchini Londonning "Arsenal" klubi mavsum yakunigacha ijaraga olmoqchi. O‘z navbatida kataloniyaliklar ham iqtidorli futbolchisini sotib yuborishmoqchi emas. Shu bois“kanonirlar”ning ijara borasidagi taklifi ularga ma’qul kelishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Malkom joriy mavsum “Barselona” safida jami 12ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 2ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.

Eslatib o‘tamiz, “Arsenal” bundan avvalroq kataloniyaliklarning boshqa bir futbolchisi – Denis Suaresga ham qiziqish bildirayotgan edi. Ammo, klublar bu borada kelishuvga erisha olishmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!