
Arina Sobolenko yana o‘zini ko‘rsatdi
Belaruslik tennischi Arina Sobolenko AQShda o‘tayotgan "Connecticut Open" turnirining final bosqichiga yo‘l oldi.
Nyu-Xeyven shahri mezbonlik qilayotgan musobaqaning yarim finalida Arina germaniyalik Yuliya Gyorgesni 6:4, 7:6 hisobida taslim qildi.
Endi u musobaqaning final uchrashuvida ispaniyalik Karla Suares Navarro, yoki Puerto-Riko vakilasi Monik Pyuig bilan raqobatlashadi.
Fikrlar