
Arina Sobolenko AQShda barchani lol qoldirdi
AQShning Nyu-Xeyven shahrida o‘tayotgan "Connecticut Open" turnirida ikkinchi davra bahslari keskin va murosasiz o‘tmoqda.
"Premier" turkumiga kiruvchi turnirning ushbu bosqichida belaruslik Arina Sobolenko avstraliyalik Darya Gavrilova ustidan 6:3, 6:7, 7:5 hisobida g‘alaba qozondi.
Rossiyalik Ekaterina Makarova esa ikkinchi davrada slovakiyalik Magdalena Ribarikovani 2:6, 6:3, 6:3 hisobida taslim qildi.
Fikrlar