
Anvar Boynazarov 10 avgust kuni sobiq raqibidan revansh olishga harakat qiladi
Aralash yakkakurash jang san’atlari ustasida Anvar Boynazarov o‘zining navbatdagi jangini “Glory 56” turniri doirasida o‘tkazadi. Jang 10 avgust kuni Kolorado shtatining (AQSh) Denver shahridagi “Broomfield” arenasida bo‘lib o‘tadi.
Mazkur to‘qnashuvda hamyurtimizga ukrainalik tajribali sportchi Sergey Adamchuk raqiblik qiladi. Bu sportchi “Glory” turnirida shu vaqtga qadar 13 ta jang o‘tkazib, 9 g‘alaba va 4 durang qayd etgan.
Yarim engil vaznda Aziz Xlali Viktor Pintoni Lillda o‘tgan “Glory 53” musobaqasida mag‘lub qilgan Adamchuk (37-9, KO14) reytinning birinchi pog‘onasida bormoqda. Anvar Boynazarov (91-24-2, KO53) esa 6-o‘rinni egallab turibdi.
Adamchukyarim engil vaznda sobiq jahon chempioni hisoblanadi. Boynazarov esa yaqinda ushbu vaznda chempionga aylangan edi. Bu jang sportchilarning o‘zaro ikkinchi to‘qnashuvi hisoblanadi. 2015 yil 19 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan to‘qnashuvda ukrainalik Adamchuk ochkolar bo‘yicha g‘alaba qozongan edi.
Eslatib o‘tamiz, Anvar Boynazarov uchun bu “Glory” turnirlaridagi 6-jang hisoblanadi. Bungacha u 5 ta jang o‘tkazib, 2 g‘alaba (1 nokaut) va 3 mag‘lubiyat qayd etgan.
Fikrlar