
Anvar Boynazarov 1 dekabr kuni Nyu-Yorkda ringa ko‘tariladi
Aralash yakkakurashlar jangchisi hamyurtimiz Anvar Boynazarov 2-2-0 (1 KO) o‘zining navbatdagini jangini 1 dekabr kuni o‘tkazadi.
Mazkur jang AQShning Nyu-York shahrida “Glory 48” turniri doirasida tashkil etiladi. Kikboksing bo‘yicha yarim engil vazn toifasida o‘tadigan to‘qnashuvda Boynazarov amerikalik Kevin van Nostrand (4-1-0, KO2) bilan kuch sinashadi.
Eslatib o‘tamiz, sportchimiz 28 oktyabr kuni Frantsiyaning Lion shahrida o‘tkazilgan “GLORY 47” musobaqasida finalgacha etib kelgan edi.
Fikrlar