
Antonio Konte “Milan”ni boshqarishga rozi bo‘ldi, biroq...
Yaqindagina Londonning “Chelsi” klubidan iste’foga chiqarilgan mashhur italiyalik mutaxassis Antonio Konte "Milan"ni boshqarish taklifini qabul qildi. Bu haqda Premium Sport nashri xabar bermoqda.
Unga ko‘ra 48 yoshli mutaxassis “rossonerilar”ning yangi bosh direktori Leonardo bilan suhbatlashgandan so‘ng ushbu taklifga rozilik bildirgan.
Biroq, bundan avval Konte “Chelsi” bilan yakunlanmay qolgan ishlarini oxiriga etkazishi lozim. Chunki, “aristokratlar” ushbu mutaxassis bilan amaldagi shartnomani muddatidan avval bekor qilgani uchun belgilangan tovon pulini to‘lashdan bosh tortmoqda. Shu bois Konte ayni damda “Chelsi” a’zosi hisoblanadi.
Fikrlar